
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadagi vaziyatdan xavotirda va bosh murabbiy Ralf Rangnik yuritayotgan siyosatdan norozi.
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz agenti Jorje Mendesh bilan uchrashib, o‘z kelajagini muhokama qilgan. Manbaning ta’kidlashicha, mashhur futbolchi jamoa ishlari o‘nglanib ketishiga ishonmayapti va ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqchi.
- Krishtianu “Yunayted”da sodir bo‘layotgan ishlardan bezovta. Jamoa ko‘p tanqid qilinyapti, u esa jamoa yetakchisi ekanini bilgan holda bularni yurakka yaqin olyapti. Muammo ko‘p va Ronaldu o‘zini bosim ostida qolayotganini biladi.
U o‘zining “Manchester Yunayted”ga qaytishi jamoa uchun muvaffaqiyat keltirishini chin dildan xohlagan edi. Biroq, portugaliyalik futbolchi hozirgi tarkib bilan sovrinlar uchun kurashish imkonsiz ekanini tushunib yetdi.
Jorje Mendesh Angliyaga keldi va ular uchrashdi. Endi u Ronalduga vaziyatdan chiqish bo‘yicha yechim topib berishi kerak. Har nima bo‘lishi mumkin, - deb yozmoqda The Sun. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar