18:15 / 12.01.2022
980

Karlo Anchelotti «Barselona»ga qarshi uchrashuv oldidan: «Bizga bunday o‘yinlar yoqadi»

Karlo Anchelotti «Barselona»ga qarshi uchrashuv oldidan: «Bizga bunday o‘yinlar yoqadi»
Foto: «Real»
«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yin haqida
Biz o‘yinga yaxshi holatda keldik. Superkubokni uyga olib ketishni istaymiz. Bu mavsumdagi ilk sovrin bo‘ladi.

O‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin. G‘alaba ham, mag‘lubiyat ham. Lekin durang bo‘lmaydi, g‘olib aniqlanishi kerak. Bu mavsumda bizdan ko‘ra ko‘proq muammolarga duch kelgan kuchli raqib bilan qo‘limizdan kelganicha o‘ynashimiz kerak, ammo har ikkala jamoada ham maqsad bitta — finalga chiqish.

Boshlang‘ich tarkib haqida
Menda bir qancha ikkilanishlar bor: birinchi navbatda, Karvaxal. U endigina jarohatdan forig‘ bo‘ldi, buni hisobga olish kerak. Ikkinchidan, o‘ng qanotda yangi o‘yinchilar bor, ulardan foydalanish mumkin, masalan, Asensioning o‘rniga Rodrigoni. Jamoa yaxshi holatda, Yovich ham qaytdi. «Barselona»ga qarshi o‘yin har doimgidek o‘tadi: biroz xavotir va katta umidlar. Ajoyib o‘yin bo‘ladi. «Barselona»ga qarshi barcha o‘yinlar shunday o‘tadi va bu bizga yoqadi.

«Klasiko» haqida
«Klasiko» har doim teng o‘yin bo‘ladi. Raqamlar va La Ligadagi holat muhim emas. Bu Ispaniya Superkubogi yarim finali. Uchrashuv 0:0 hisobida boshlanadi.

«Barselona» yetakchilari haqida
«Barselona»da har doim jamoaga yordam beradigan Pike, Buskets, Xordi Alba kabi faxriy futbolchilardan tashqari, yosh futbolchilar ham ajralib turadi: Gavi va Niko Gonsales. Ularni yorqin kelajak kutmoqda deb o‘ylayman.

Xavining «Barselona»si haqida
Menga bu jamoa yoqadi, chunki ular o‘zi o‘yini haqida aniq tasavvurga ega va nima xohlayotganini yaxshi tushunadi. Jamoa klub g‘oyasini davom ettirmoqda, Xavi kelishi bilan natijalar yaxshilandi. Bu uning xizmati, Xavining g‘oyalari va ijrosi jamoani kuchaytirdi deb o‘ylayman.

O‘yindan nima kutayotgani haqida
Barcha o‘yinlar meni biroz cho‘chitadi, «Valensiya»ga qarshi o‘yinda ham asabiylashdim. Hozir ham xuddi shunday. O‘yinchilarim bizni favorit deb o‘ylashidan xavotirdaman. Lekin ular bunday o‘ylamayapti. Atrofimizdagi hech kim bunday deb o‘ylamaydi. Yaxshi o‘yin o‘tkazishga va g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, «Real» — «Barselona» uchrashuvi 12 yanvardan 13 yanvarga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi. Uchrashuv Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti «Barselona»ga qarshi uchrashuv oldidan: «Bizga bunday o‘yinlar yoqadi»