
“Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronaldu jamoani boshqarayotgan Ralf Rangnik amalga oshirayotgan ishlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Rangnik kelganidan beri ko‘p narsani o‘zgartirdi. Lein o‘z g‘oyalarini o‘yinchilarga yetkazishi uchun unga ko‘proq vaqt kerak. U yaxshi ishlayotganiga aminman.
Biz zo‘r o‘ynamayotganimizni bilaman va oldinda o‘zimizni ko‘rsatishimiz shart bo‘lgan uchrashuvlar ham ko‘p. Rangnik kelganidan keyin ayrim narsalar yaxshi tomonga o‘zgardi. Lekin futbolchilarning mentaliteti, o‘yin uslubi, madaniyati va o‘yin tizimini o‘zgartirish oson emas va buning uchun yetarli vaqt kerak. Ralf buni uddalashiga umid qilamiz, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Germaniyalik mutaxassis 2021 yilning 29 noyabr kuni jamoani qabul qilib olgan edi. Rangnik bosh murabbiy vazifasini mavsum oxirigacha davom ettiradi. Biroq, hozirdan “Manchester Yunayted” o‘yinchilarining aksariyati uning ish uslubini qabul qilgisi kelmayapti.
Krishtianu RonalduRalf RangnikManchester YunaytedO‘yin UslubiFutbolchilarning MentalitetiJamoani Boshqarish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar