
Foto: SF
FIFA belgiyalik futbolchi Romelu Lukakuning «Inter» (Italiya)dan «Chelsi» (Angliya)ga o‘tishini 2021 yilning eng qimmat transferi, deb e’lon qildi.

Lukaku 2021 yilning avgustida «Chelsi» futbolchisiga aylangandi. Transfer qiymati €115 mln.ni tashkil etgandi.

Ikkinchi qimmat transfer — Jeydon Sanchoning «Borussiya» (Dortmund)dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi — €85 mln.

Uchinchi o‘rinda — «Inter»dan «PSJ»ga €60 mln.ga o‘tgan Ashraf Hakimiy.
FIFA hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yil davomida jami 54 739 ta transfer amalga oshgan, shundan 19 372 tasi professional erkaklar va ayollar futbolida, 35 367 tasi havaskorlar futbolida amalga oshgan.
Romelu LukakuInter ChelsiyilEng Qimmat TransferJeydon SanchoAshraf Hakimi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar