Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining finalida «Real Madrid» va «Atletik Bilbao» jamoalari 16 yanvar, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Luka Modrich madridliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Karim Benzema penaltini golga aylantirdi.
O‘yin yakunlanishi arafasida Eder Militao darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qoldi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Belgilangan penaltidan Raul Garsiya unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari mavsumdagi dastlabki sovrinni qo‘lga kiritdi. So‘nggi bor «Real» 2019/20 yilgi mavsum Superkubogiga ega chiqqandi.
Ispaniya Superkubogi
Final bahsi
«Atletik B» — «Real Madrid» 0:2
Gollar: 0:1 – 38 Modrich, 0:2 – 52, penalti Benzema.
«Atletik»: Unai Simon, De Markos, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga (Berchiche, 58), Dani Garsiya, Sarraga (Vesga, 58), Sanset (Raul Garsiya, 58), Berenger (Uilyams, 46), Uilyams, Muniain (Serrano, 81).
«Real Madrid»: Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior (Marselo, 86), Rodrigo (Valverde, 64).
Ogohlantirish: Dani Garsiya (77).
Chetlatish: Militao (87). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi