
Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Atletik" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 3:2 hisobida zafar quchdi.
Bahsning 2-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Muniain hisobni ochdi. 20-daqiqada kataloniyaliklarning yangi futbolchisi Ferran Torres oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
86-daqiqada "basklar" a’zosi Martines yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Pedri gol urib, muvozanatni tikladi.
Ekstra taymlarning birinchisida Alba jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynadi va hakam "Barsa" darvozasi tomon penalti belgiladi. Muniain nuqtadan aniq zarba yo‘llab, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.
Ispaniya KubogiAtletik BarselonaFutbol UchrashuviMuniain FerranMartines PedriPenalti Zarba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar