12:00 / 21.01.2022
1 500

Shomurodov o‘zgardi!

Shomurodov o‘zgardi!
Italiya kubogidagi yurishini boshlagan “Roma” dastlabki uchrashuvda “Lechche” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Endi poytaxtlik “bo‘rilar” chorak finalda “Inter” bilan kuch sinashadi.

“Roma” klubiga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi Joze Mourino va futbolchilar oldiga Italiya kubogini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ydi. Rimliklar bungacha to‘qqiz marotaba ushbu turnir bosh sovriniga ega chiqqan.

Italiyada faqatgina “Yuventus” futbolchilari “Roma”dan ko‘p – 14 ta kubokni o‘ziniki qilgan. “Roma” so‘nggi bor 2008 yilda Italiya kubogida muvaffaqiyat qozongan va bu klubning so‘nggi sovrini bo‘lib turibdi.

Italiya futbolini yorituvchi www.calciomercato.com nashri “Roma” va “Lechche” uchrashuvida Rim futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi:

Ruy Patrisiu, 6 ball:
“Kalyari” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, quyi liga vakiliga qarshi kubok uchrashuvida portugaliyalik darvozabon maydonda bo‘lishiga qaramay, dam olishi kutilgandi. Biroq “Lechchi” to‘zkor gol urib, uni ancha qiynab qo‘ydi. Tajribali posbon Kalabrezining bosh bilan bergan zarbasini qaytara olmadi.

Rik Karsdorp 6 ball:
Bu futbolchi himoyada ham, jamoasi hujumga o‘tganida ham kutilgandan darajadan ancha bo‘sh o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda biroz o‘zini tutib oldi. Lekin bu butun jamoaning o‘yinida o‘zgarish bo‘lgani bilan bog‘liq holat.

Marash Kumbulla 6.5 ball:
U bir necha oy o‘zini qiynagan qo‘rquvni yengib o‘tgani ko‘rinmoqda. Gol urib, bu bilan o‘yin davomidagi xatolarini yuvib yubordi.

Rojer Ibanes 6 ball:
Rojer keyingi paytda o‘zini o‘zi qiynayapti. Birinchi bo‘limda ko‘p xato qildi. Ikkinchi bo‘limda kutilgan darajada o‘ynadi.

Eynsli Meytlend-Nayls 4.5 ball:
Angliyalik futbolchi chap qanotda o‘yinni yaxshi boshladi. Keyinchalik uni Angliya premer-ligasida ta’qib qilgan kamchiliklari ko‘zga tashlana boo‘ladi. Himoyalanishda juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydi. Gol bo‘lgan vaziyatda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.

Matias Vina 6 ball:
Angliyalik futbolchining o‘rniga tushib, undan yaxshiroq o‘ynadi. Urugvaylik himoyachiga xotirjamlik yetishmayapti.

Jordan Veretu 5 ball:
Angliyadan bo‘layotgan takliflar boshini aylantirib qo‘ygan ko‘rinadi. Fransiyalik yarim himoyachi to‘pni qabul qilib olib, pozitsiyasini yo‘qotib qo‘ymoqda. Maydon markazini mustahkam ushlash kerakligini unutib qo‘ydi.

Nikolo Dzanolo 7 ball:
Zaxiradan o‘yinga tushib, ichida o‘ti borligini ko‘rsatdi. Oldingi chiziqda Abraxamga katta yordam berdi. Raqib himoyachisining qizil kartochka olishiga “hissa” qo‘shdi. Doim darvoza sari intildi.

Brayan Kristante 6 ball:
Kristante “Lechche” markazida nozik tomonlarni ko‘rib turgan bo‘lsa ham undan foydalana olmadi. Brayan himoya va hujum chizig‘ini bog‘lashi kerak edi. Lekin amalda har ikki chiziq o‘rtasida katta bo‘shliq qolib ketdi.

Feliks Afena-Gyan 5.5 ball:
Chiroyli oshirilgan pasni uvol qildi. Harakatlarida oliftagarchilik bor, aniqlik yetishmadi.

Eldor Shomurodov 6.5 ball:
Feliksning o‘rniga tushgan Shomurodov avvalgi voqealardan keyin o‘zgargani ko‘rindi. U o‘ziga xos sovuqqonlik bilan ajoyib gol muallifi bo‘ldi.

Serjiu Oliveyra 6 ball:
Hujumni tashkil qilishda qiyinchiliklarga duch keldi. Italiya futboliga mos kelmaydigan darajada yumshoq o‘ynadi. Shunga qaramay, Feliks va Abraxam ajoyib pas uzatdi. Ular foydalan olmadi. Kumbullaning golida hissasi bor.

Karles Peres 4.5 ball:
“Barselona”da Messining o‘yinlarini ko‘rib tarbiyalangan futbolchi argentinalikdan hech narsa o‘rgana olmagan ekan. To‘pga tashlangani bilan uni egallay olmayapti.

Genrix Mxitaryan 7 ball:
O‘yinni “Roma” foydasiga o‘zgartirdi. Rim klubi safida 100-o‘yinini o‘tkazgan armanistonlik legioner Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovga assistentlik qildi.

Temmi Abraxam 7 ball:
Jamoani qo‘rquvdan qutqarib qoldi. Bir vaziyatda Feliksni qulay pozitsiyaga chiqardi. Ikkinchisida Kumbulla gol urishga erishdi. Aniq zarba bilan gol ham urdi.

Joze Mourino 6 ball:
Birinchi bo‘limga tanlagan taktikasi xavotir uyg‘otdi. V Seriyaga vakili o‘yin avvalida uni qiynadi. O‘yinning ikkinchi yarmida hammasi o‘nglandi. Shunga qaramay, kelajakda yanada yaxshiroq ishlashi talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov o‘zgardi!