
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes davralar oralig‘ida qaysi pozitsiyalarni kuchaytirishga urg‘u bermoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis jamoaga Xordi Alba bilan raqobatlashadigan chap qanot himoyachisi, markaziy himoyachi hamda hujumchi olib kelmoqchi.
Qayd etilishicha, Xavi bu haqda klub rahbariyatini allaqachon xabardor qilgan va transfer oynasi yopilgunicha ushbu pozitsiyalarga futbolchi olib kelishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 32 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar