Navoiyning “Qizilqum” klubi ham seleksiyada boshqalardan aslo qolishayotgani yo‘q. Shu kunga qadar bu jamoaga bir qator ko‘zga ko‘ringan, tajribali o‘yinchilar ko‘chib o‘tdi. Serbiyalik Nikola Lazarevich esa bosh murabbiyga aylandi. Tarkib esa kuchaytirilyapti va bu hol davom ettirilmoqda.
Aftidan, “Qizilqum” klubi siz-u, bizni yana bir qator jiddiy transferlari bilan ham e’tiborimizni o‘ziga tortadigan ko‘rinadi. Gap shundaki, navoiyliklar safiga o‘tgan yili Janubiy Koreya Kubogi finalida gol urgan va yakunda jamoasi bilan g‘olib chiqqan hamyurtimiz Oleg Zoteyev ham qo‘shildi.
“Chonnam Dragons” safida ikki yil to‘p surgan legionerimiz shartnomasi tugagani bois klubni tark etgandi. Uning oldida esa qator variantlar bor edi va legionerga aylanishi yoki Superligaga qaytishi ehtimoldan holi emasdi.
Ko‘rinib turibdiki, bu borada “Qizilqum” boshqalarga nisbatan faolroq harakat qildi va Zoteyevni o‘z safiga qo‘shib olish uchun ko‘ndirish yo‘lini topgan. Ayni chog‘da Oleg navoiyliklarning mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi klub bilan kelishib bo‘lgan. Tabiiyki, uning tarkibga qo‘shilishi ham jamoa o‘yinini kuchaytirishi shubhasiz. “Qizilqum” esa seleksiya ishlarini yana davom ettirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot