
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Navbahor” bugun o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Raqib "Turon" jamoasi bo‘ldi.
Uchrashuv Namangandagi “Markaziy” stadionda tashkil etildi. Bellashuvni 4 mingdan ortiq muxlis bevosita stadiondan kuzatdi.
O‘yinda dastlab mezbonlar himoyachisi Igor Golban hisobni ochdi. Yaqindagina tarkibga qo‘shib olingan Zoran Marushich 38-daqiqada oradagi farqni yana bittaga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda esa yaypanliklar vakili Sardor Abduraimov gol urib, hisob 2:1 bo‘lishini ta’minladi.
O‘rtoqlik o‘yini
“Navbahor” – “Turon” 2:1
Gollar: Igor Golban 16, Zoran Marushich 38 - Sardor Abduraimov 55. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing