Nihoyat, O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi, 10 yildan beri "Nasaf"ga ustozlik qilib kelayotgan Ro‘ziqul Berdiyev ham o‘zining masalasiga oydinlik kiritib oldi. Klub matbuot xizmatining xabarida shunday deyiladi:
"O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” so‘nggi 10 yillikda Ro‘ziqul Berdiyev bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Ro‘ziqul Sa’dullayevich ham “Nasaf”dagi faoliyati davomida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi” davlat mukofoti bilan taqdirlandi, O‘zbekistonning 5 karra eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
“Nasaf” Ro‘ziqul Berdiyev murabbiyligi davrida O‘zbekiston chempionatining to‘rt marta bronza medallarini, ikki marta kumush medallarini, ikki marta O‘zbekiston Kubogi va bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi. 2021 yilgi mavsumda asosan “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan tarkib topgan jamoa bilan OFK Kubogi finaligacha yetib bordi.
Yangi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni, xususan O‘zbekiston Superkubogi, O‘zbekiston chempionligini va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritish hamda xalqaro maydonlarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga bor e’tiborini qaratayotgan “Nasaf” klubi rahbariyati Ro‘ziqul Berdiyev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Ro‘ziqul Berdiyev 2023 yilning so‘nggiga qadar jamoa bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib boradi". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot