Turkiyalik sobiq o‘yinchi Hoqon Shukurning futboldan keyingi faoliyatiga nazar tashlaymiz.
Katta yoshli kishilar 2002 yilgi jahon chempionatidagi Turkiya terma jamoasini unutishmagan bo‘lsa kerak. Turklar yarim finalda Braziliyaga achinarli tarzda mag‘lubiyatga uchrab, keyinchalik turnirning bronza medalini qo‘lga kiritgandi. O‘sha jamoaning yetakchilaridan biri hujumchi Hoqon Shukur edi. U o‘z mamlakatida, shuningdek, "Blekbern" va "Inter" safida to‘p tepdi. Turkiyada Xoqon haqiqiy qahramon edi, faoliyatini yakunlaganidan keyin u siyosatga qadam tashladi.
Avvaliga hamma ishlar joyida edi, u hukmron partiyaga qo‘shildi va ikki yil davomida Erdo‘g‘an bilan yaxshi munosabatda edi. Ammo Shukur "Adolat" partiyasini tark etib, saylovlarda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etdi. Turkiyada davlat to‘ntarishi boshlanganda Shukurni ham ularga sheriklikda ayblashdi. Xoqon zudlik bilan mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi, turk diyorida unga tahdid qilishdi.
"Menda hech narsa qolmadi, Erdo‘g‘an bor-budimdan mahrum qildi: erkinlik huquqim, ishlash huquqim va so‘z erkinligimdan". Ammo Shukur turk xalqining dushmani emasligini va o‘z vatanini sevishini, lekin hukumatdan nafratlanishini, chunki ular haligacha uning muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishida ishtirok etganligi to‘g‘risida dalil topa olmayotganini aytadi.
AQSHda Shukur dastlab kafeda ishlagan, lekin u yerga yurish-turishi boshqacha odamlar tashrif buyura boshlagan va Xoqon o‘z ishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. U ikki yildan beri UBER haydovchisi bo‘lib ishlaydi va bo‘sh vaqtida kitob savdosi bilan shug‘ullanadi. Tasavvur qiling-a, taksiga o‘tirdingiz va sizga jahon chempionatining bronza medali sovrindori haydovchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot