14:42 / 27.01.2022
764

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat borasida ma’lumot berildi.

Dubaydagi yig‘inda ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari navbatdagi PZR-testlarini topshirgan. Unga ko‘ra, Ibrohimxalil Yo‘ldoshevda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Futbolchi hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda va boshqa simptomlar ko‘zga tashlanmayapti. Yo‘ldoshev bir necha kundan so‘ng qayta test topshiradi. Hozirda «Nijniy Novgorod» (Rossiya) futbolchisi shifokorlar nazorati ostida yakkalangan holda karantin o‘tamoqda.

Avvalroq, terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes, futbolchilar Hojimat Erkinov va Umidjon Ergashevda koronavirus aniqlangani va keyinchalik ularning sog‘ayib, safga qaytgani ma’lum qilingandi. Ibrohimxalil Yo‘ldoshevdan tashqari hozirda Odiljon Hamrobekov ham karantin o‘tamoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 23 yanvar kuni «Al-Vahda» jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, yig‘in doirasida 27 yanvar, payshanba kuni Janubiy Sudan qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi