21:20 / 27.01.2022
840

“Navbahor” klubi Catapult kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi

“Navbahor” klubi Catapult kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi
Ma’lumki, 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi tomonidan o‘tkaziladigan Musobaqalar Reglamentining 8.13.-bandida Superliga klublari O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda futbolchilarning funksional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu boradagi hisobotni O‘FA texnik boshqarmasining ilmiy-uslubiy guruhiga taqdim etishi shartligi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Navbahor” PFK 2022 yilgi mavsum oldidan sport natijalari tahlili bilan shug‘ullanuvchi Catapult kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi. 137 mamlakatga sportchilarning funksional holatini masofadan turib kuzatish texnologiyalarini yetkazib beradigan ushbu kompaniya mahsulotlaridan endilikda “Navbahor” jamoasida ham samarali foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mashg‘ulotlar va futbol uchrashuvlari davomida har bir futbolchining egnidagi nimchalarga Catapult taqdim etgan qurilma o‘rnatilib, uning yordamida murabbiylar shogirdlarining funksional holati, chidamlilik darajasi, kuch sarfi, bosib o‘tayotgan masofasi hamda boshqa muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib borishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Navbahor” klubi Catapult kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi