O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida Janubiy Sudan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur bahsda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastlab Eldor Shomurodov darvozaga teskari turgan holda darvozani ishg‘ol qildi. Keyin esa "Roma" hujumchisi birga-bir vaziyatdan gol urdi. Ikkinchi taymda Jaloliddin Masharipov penaltidan to‘pni to‘rga yo‘lladi.
Shu tariqa, vakillarimiz ushbu yig‘indagi ikkinchi o‘rtoqlik bellashuvida zafar quchishdi. E’tiborlisi, terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodovning Janubiy Sudan darvozasiga kiritigan birinchi goli terma jamoamizning 500-goli sifatida tarixda qoldi. Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobida 502 ta gol mavjud.
Srechko Katanes shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1 fevral kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar