Avval xabar berganimizdek, O‘FA tomonidan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun yaponiyalik tajribali mutaxassislarni taklif etish borasida ishlar olib borilmoqda. Rejaga muvofiq, bosh murabbiy lavozimiga nomzod Midori Honda va uning yordamchisi Takaya Sutsumi O‘zbekistonga yetib keldi hamda O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab, yaponiyalik mutaxassislar mamlakatimiz futboli tarixi bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga bugungi kunda yurtimizda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berildi. O‘FA rahbariyati tomonidan yangi murabbiy yordamida tartib, intizom, kurashuvchanlik kabi yapon mentalitetiga xos xislatlarni mamlakatimiz futbolida yanada kuchaytirish, jamoamizni yangi darajaga olib chiqish kabi maqsadlar ko‘zlanganini ta’kidlab o‘tildi.
O‘z o‘rnida, yaponiyalik mutaxassislar bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratlarini ishga solishga tayyor ekanligini bildirishdi. Shundan keyin Midori Honda bilan shartnoma masalasida dastlabki muzokaralar olib borildi. Yaponiyalik tajribali mutaxassislarning vazifalari muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.
Ma’lumot uchun, Midori Honda 17 yoshidan boshlab 10 yil davomida Yaponiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1991 yilda o‘tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Osiyo o‘yinlarida jamoasi bilan birgalikda bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini 2001 yilda “Okayama” klubida boshlagan. Keyinchalik Yaponiya U-20 ayollar jamoasida murabbiy yordamchisi sifatida ishlab, jahon chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2013-2019 yillar davomida “Nagano Parseyro”, 2020-2021 yillarda esa “Sidzuoka SSU Asredjina” klubini boshqardi. Bundan tashqari, Midori Xonda Yaponiyada JFAning “S” kategoriyadagi litsenziyani olgan ilk ayol murabbiy hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar