
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida Janubiy Sudan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur bahsda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastlab Eldor Shomurodov darvozaga teskari turgan holda darvozani ishg‘ol qildi. Keyin esa "Roma" hujumchisi birga-bir vaziyatdan gol urdi. Ikkinchi taymda Jaloliddin Masharipov penaltidan to‘pni to‘rga yo‘lladi.
Shomurodovning ushbu gollariga "Roma" klubi matbuot xizmati instagramdagi sahifasida futbolchi dublga erishgani bilan tabrikladi: "U terma jamoa safida dubl qayd etdi".
E’tiborlisi, terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodovning Janubiy Sudan darvozasiga kiritgan birinchi goli terma jamoamizning 500-goli sifatida tarixda qoldi.
Srechko Katanes shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 1 fevral kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazadi.
O‘zbekiston Terma JamoasiEldor ShomurodovJanubiy SudanO‘rtoqlik UchrashuviRoma KlubiPenaltidan Gol O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar