
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Bunyodkor" o‘tgan mavsum jamoa libosida to‘p tepgan bir qator futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi. Xususan, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Sirojiddin Bashriddinov, Muhammadodil Qahramonov, Muzaffar Olimjonov, tojikistonlik Davronjon Ergashev va qirg‘izistonlik Odiljon Abdurahmonov 2022 yilgi mavsumda ham “Bunyodkor” sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, klub tarbiyalanuvchisi, o‘tgan mavsumni “Turon” va “Andijon” jamoalari safida o‘tkazgan himoyachi Sardorbek Xursandov hamda 2021 yil ikkinchi davrada ijara asosida “qaldirg‘ochlar” a’zosiga aylangan Farhod Mirahmatov ham endi huquqiy jihatdan “Bunyodkor”ga tegishli.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar