
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan “UMAG Futsal Nations Cup 2022” turnirida yorqin o‘yinlar namoyish etdi. Xususan, Fransiyaga qarshi kechgan bahsda futzalchilarimiz raqiblarga qarshi munosib o‘yin ko‘rsata oldi. Shuningdek, kecha o‘tkazilgan Chernogoriyaga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Kecha mazkur kichik turnirning eng yaxshilari taqdirlandi. O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoamiz darvozaboni Rustam Umarov musobaqaning “Eng yaxshi darvozaboni” deb topildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar