Chempionship jamoasi "Blekpul"ni erkin agent sifatida tark etgan hujumchi "sherlar" safini to‘ldirdi. "Anderlext" va "Benfika" jamoalari tarbiyalanuvchisi sanalgan Oliver Sharkich "Paxtakor" bilan 2022 yil oxirigacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi.
Oliver faoliyati davomida "Fafe" (Portugaliya), "Lids" (Angliya), "Barakaldo" (Ispaniya), "Barton Albion" (Angliya), "Mansfild Taun" (Angliya) va "Blekpul" (Angliya) kabi jamoalar safida o‘ynagan. Bir necha kun avval "Blekpul"ni tark etdi va bugun jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Sharkich Chernogoriyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida maydonga tushgan. "Benfika" yoshlar jamoasi tarkibida yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasida qatnashib, bir nechta gol muallifiga aylangan", – deyiladi "Paxtakor" matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot