Ayni paytda “Roma”ning asosiy hujumchisi sifatida Temma Abraxam tan olinadi. Biroq, muxlisu mutaxassislar orasida Eldor Shomurodovning ham angliyalik futbolchidan kuchli tomonlari borligi, biroq Joze Mourino qimmatga olingan hujumchiga ko‘proq imkon berayotgani va agar legionerimizga ham yetarli darajada o‘yin vaqti berilsa, gol urish borasida raqobatchisidan kam emasligini ta’kidlab kelayotganlari ham ko‘p.
Aslida, Temmi Abraxam “Chelsi”dan transfer qilingunga qadar Shomurodov “Roma”ning asosiy hujumchisiga aylanib olgandi.
Angliyaning Goal va Italiyaning Corriere dello Sport nashrlarining ma’lum qilishicha, “Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini Rimdan qaytarib olmoqchi. Ma’lumki, 97,5 million yevroga olingan Romelu Lukaku ikkinchi urinishida ham “Chelsi” kutgan to‘purar bo‘la olmayapti. Temmi Abraxam Joze Mourino qo‘l ostida ochildi. Ayni paytda u angliyalik futbolchilar orasida kuchli beshlik chempionatlarida eng yaxshi natija qayd etayotgan futbolchi hisoblanadi.
“Chelsi” Abraxamni Rimga jo‘natgan paytda shartnomaga bu futbolchini 2023 yilda 80 million yevroga qaytarish to‘g‘risida muhim bandni kiritib qo‘ygan. Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” klub falsafasini yaxshi biladigan Abraxamni yana ortga qaytarmoqchi.
Agar Roman Abramovichning bu rejasi amalga oshsa, Eldor Shomurodov asosiy hujumchi vazifasiga qaytish ehtimoli katta. Chunki Eldor Rim klubida 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega.
Mourino: “Roma” avvalgidan kuchli!
Joze Mourino jamoasining qishki transferlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Men klubning transfer siyosatidan mamnunman. Biz o‘z yetakchi o‘yinchilarimizni saqlab qolish barobarida tarkibni kuchaytirish ham erishdik. Men sport direktori Tyagu Pintoning Nikolo Dzanoloni ushlab qola olmasligi haqidagi so‘zlarini to‘g‘ri tushunaman. Hech bir rostgo‘y menejer sizga yuz foiz kafolat bera olmaydi, - dedi Joze Mourino.
Qishki transferlar vaqtida Rim klubi murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmagan Gonsalo Vilyar, Borxa Mayoral, Brayan Reynolds, Rikkardo Kalaforini ijaraga berib yubordi va Federiko Fatsio bilan amaldagi shartnomani muddatidan oldin bekor qildi. Bu transferlar orqali klub 10 million yevroga yaqin mablag‘ni tejab qoldi.
Shuningdek, Tyagu Pinto klubga Joze Mourino tanlagan ikki yarim himoyachi – Eynsli Meytlend-Nayls va Serjiu Oliveyrani olib kelishni uddaladi.
Kelajak uchun transfer
“Roma” mutasaddilari kelajagi porloq hisoblanayotgan 16 yoshli Mate Iskovichni transfer qildi. Iste’dodli markaziy yarim himoyachi uchun rimliklar “Xayduk” klubiga 600 ming yevro to‘lagani ma’lum qilindi.
Xorvatiyalik futbolchi endi “Roma” akademiyasida shug‘ullanadi va o‘z tengqurlari bilan birga turli musobaqalarda “bo‘rilar” sharafini himoya qiladi.
El-Shaaravi “Roma”dan ketishi mumkin
Yozgi transferlar vaqtida “Roma” tarkibida yana o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Mavsum oxirida armenistonlik legioner Genrix Mxitaryan erkin agent sifatida klubni tark etadi.
Garchi tajribali pleymeykerning jismoniy holati talabga javob berayotgan va o‘zi jamoa yetakchilaridan biri bo‘lsa-da, bu o‘yinchi katta maosh – yiliga 3 million yevro olayotgani bois, klub xo‘jayinlari u bilan yangi shartnoma tuzmaslikka qaror qildi.
“Roma” mutasaddilari Stefan El-Shaaravi bilan ham xayrlashishga tayyorlanmoqda. Ayni paytda italiyalik futbolchi 2023 yilning yarmigacha davom etadigan bitimga ega. Unga ko‘ra, Stefan bir mavsum uchun 3,5 million yevro maosh olyapti.
Agar klub kelasi yili yangi shartnoma taklif qiladigan bo‘lsa, tabiiyki, maoshni oshirishi kerak bo‘ladi. Shu bois, klub yozgi transferlar vaqtida El-Shaaravini sotib yuborish variantini o‘rganmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot