
Professional boksning yarim yengil vazn toifasida (57,1 kg) faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Otabek Xolmatov (9-0, 9 KO) navbatdagi jangini 26 mart kuni o‘tkazadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Florida shtatida bo‘lib o‘tadigan jangda Xolmatovga WBA reytingida 8-o‘rinda borayotgan rossiyalik bokschi Andranik Grigoryan (14-0, 3KO) raqiblik qiladi.
Xolmatov professional faoliyatini 2021 yil avgust oyida boshlaganiga qaramay, qisqa muddatda 9 ta jang bilan WBA reytingida 13-o‘rinda bormoqda. Uning raqibi esa hali mag‘lubiyatga uchramagan va NABA kamari egasi hisoblanadi. Jang 12 raund etib belgilangan. Ushbu jiddiy yurishda Xolmatovga omad tilab qolamiz.

Otabek XolmatovProfessional BoksYarim Yengil VaznWBA ReytingiAndranik GrigoryanAmerika Qo‘shma Shtatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar