15:39 / 10.02.2022
1 259

PSJdagi hamyurtimiz: Parijlik muxlislar meni qo‘llab-quvvatlashdi

PSJdagi hamyurtimiz: Parijlik muxlislar meni qo‘llab-quvvatlashdi
Joriy yil 5-6-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahridagi “Accor Arena” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan dzyudochilari ishtirok etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar vakili bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda 500 reyting ochkosiga ega bo‘lishdi. Jumladan, Tokio-2020 yozgi Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov (-90 kg) ham o‘z vazn toifasida sovrindorlar safidan joy oldi. U Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Fransiyaning “Akkor Arena” sport majmuasida o‘tgan “Katta dublg‘a” turkumiga kiruvchi Parij turnirida o‘zbekistonlik 5 nafar sportchi ishtirok etib, 3ta bronza medalini qo‘lga kiritdik.

Bilasiz, yaqinda Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” sport klubi bilan shartnoma imzolagan edim. Bu musobaqa Parijda bo‘lgani va mezbon muxlislarning qo‘llab-quvvatlagani tufayli ushbu turnir sportchi sifatida menga umuman qiyinchilik tug‘dirmagani, o‘zimni xuddi uydagidek his qilganimni aytib o‘tmoqchiman. Raqiblar borasida to‘xtalsak, yarim finalga chiqish bahsidagi yaponiyalik sportchi bilan bellashuv qiyin kechdi.

U bilan uchinchi marotaba to‘qnash kelishimiz. Oldin 2 marotaba yutgan bo‘lsam, bu safar imkoniyatni boy berdim. Shunday bo‘lsa-da bundan afsuslanayotganim yo‘q. Oldimizga qo‘yilgan maqsadni maksimal darajada bo‘lmasada, qisman uddaladik. Parij “Katta Dubulg‘a” turniri oldinda bo‘ladigan Osiyo o‘yinlari hamda Toshkentda bo‘ladigan Jahon chempionatiga katta maktab vazifasini bajaradi deb o‘ylayman
", - dedi Davlat Bobonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJdagi hamyurtimiz: Parijlik muxlislar meni qo‘llab-quvvatlashdi