«Paxtakor» ikki nafar yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Foto: «Paxtakor»
Bolgariyalik himoyachi Kamen Hajiyev erkin agent sifatida «sherlar» safiga qo‘shildi. Futbolchi poytaxt jamoasi bilan «1+1» ko‘rinishidagi shartnoma imzoladi.
Hajiyev faoliyati davomida «Rodopa», «Pirin», «Minyor», «Lokomotiv», «Beroe» (barchasi Bolgariya), «Olbendurg» (Niderlandiya), «Fortuna» (Germaniya) va «Pushkash Akademiya» (Vengriya) kabi klublarda o‘ynagan. Himoyachi professional faoliyatida 258 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol muallifiga aylangan. Kamen so‘nggi klubi «Beroe» safida joriy mavsum 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Foto: «Paxtakor»
«Sherlar»ning yana bir yangi futbolchisi — Aleksey Larin. Ukrainalik himoyachi «Paxtakor»ga erkin agent sifatida tashrif buyurdi va bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi Ukrainaning «Dnepr», «Arsenal», Bolgariyaning «Dunav» va Tojikistonning «Istiqlol» jamoalarida faoliyat olib borgan. So‘nggi klubi «Istiqlol» safida 2021 yilgi mavsumda 38 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qilgan.
Foto: «Paxtakor»
Shuningdek, «Paxtakor» jamoasi yarim himoyachisi Abror Ismoilov faoliyatini «Neftchi» jamoasida davom ettiradi. Toshkentliklar futbolchini ijaraga berdi. Ijara muddati 2022 yilgi mavsumni o‘z ichiga oladi, «Paxtakor» yozgi transfer oynasida yarim himoyachini ijaradan qaytarib olish huquqiga ega.
Ismoilov «Paxtakor» safida jami 61 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"