2 509
Mourinyu "Inter" bilan o‘yindan so‘ng "Roma" o‘yinchilariga: "Birortang ham erkak emassanlar"
"Roma" Italiya kubogi chorak final o‘yinida "Inter"ga (2:0) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu kiyim almashtirish xonasida barcha futbolchilarga qattiq tanbeh bergan. Kiyim almashtirish xonasida shifokorlar, o‘yinchilar va jamoaning boshqa ishchilari ham bo‘lgan.
"O‘yinning birinchi o‘n daqiqasida qo‘pol qilib aytganda "ishtoningizni bejab qo‘ydingiz". Barchangiz, istisnolarsiz. Buning sababini bilmoqchiman.
Oxirgi ikki yilda katta jamoalarga qarshi nega bu qadar kichkina jamoa bo‘lib qolganingizni ham bilmoqchiman. Agar biz kichkina bo‘lsak, hakamlar bizga istagan ishini qiladi. "Inter" katta jamoa, lekin sizlar o‘ynash uchun ishtiyoq topish o‘rniga "o‘tirib" qo‘ydingiz.
Erkak uchun eng yomon narsa bu qo‘rqoqlik va shaxsiyatining zaifligi. Katta o‘yinlardan qo‘rqasizmi? Unda S Seriyaga boring. Bosimlarsiz, katta o‘yinlarsiz o‘ynaysiz. Birortang ham erkak emassanlar. Bu esa eng yomoni", -deydi Joze Mourinyu.
Ushbu so‘zlar kiyim almashtirish xonasidagi insonlarning biridan yozib olinib, Football Italia nashrida e’lon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"