2021 yilning 1 dekabr kuni “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ijro organining 018/75-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq “Sevinch” ayollar futbol klubi belgilangan tartibda qo‘shish bo‘yicha tugatilib, futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, boshqaruvini takomillashtirish, klub faoliyatini rivojlantirish, uning nufuzini yanada oshirish maqsadida “Nasaf” futbol klubi tarkibiga qo‘shilgan.
Mazkur jarayonda “Sevinch” va “Nasaf” klublaridagi bir-birini takrorlovchi ortiqcha shtat birliklarini maqbullashtirilishi natijasida “Sevinch” jamoasining boshqaruv tarkibini qayta ko‘rib chiqish maqsad qilingan. Ya’ni, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ klublardagi ortiqcha harajatlarni kamaytirishga qaror qilgan. Endilikda “Nasaf”ning malakali mutaxassislari “Sevinch” futbol jamoasi faoliyatini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
“Sevinch” futbol klubi “Nasaf” futbol klubiga qo‘shilganidan kelib chiqib, 2022 yilning 21 yanvar kuni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur ayollar jamoasi jahonda o‘z nomi va o‘rniga ega ekanligidan kelib chiqib, “Sevinch” nomi saqlab qolingan. Shundan kelib chiqib, “Nasaf” ayollar jamoasi “Sevinch” nomi bilan O‘zPFL musobaqalarida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, OFK litsenziyalash reglamentiga ko‘ra, har bir erkaklar klubi qoshida ayollar jamoasining bo‘lishi tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"