Kecha Superliga-2022ga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. "Olimpik" birinchi turda "Surxon"ga qarshi maydonga tushadi. Qur’a tashlash marosimi va turnir haqida jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Manimcha, qur’a ancha yaxshi o‘tdi. Birinchi bahsda kimga qarshi maydonga tushishimizni kutayotgan edik? Umuman olganda, dastlabki turlarda hamma jamoalarning imkoniyatlari teng bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Har bir uchrashuv qiziq va qiyin bo‘lishi aniq. "Olimpik" Superligada debyut qiladi va bu bizga katta tajriba. O‘yinlar orqali oldimizga qo‘lgan vazifani uddalaymiz. Ilk turda "Surxon"ga qarshi maydonga tushamiz. Umuman olganda, kimga qarshi maydonga tushishimizni ahamiyati yo‘q. Chunki hamma bilan qaysidir turda to‘qnash kelamiz. Musobaqani uyda boshlashimiz esa yaxshi, deb o‘ylayman.
Biz autsayder bo‘lib qolmaymiz. Chunki tayyorgarligimiz ancha yaxshi o‘tmoqda. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz. Bolalar ham bunga tayyor. Hamma jamoani hurmat qilamiz, lekin hech bir raqibdan qo‘rqmaymiz. Bari maydonda hal bo‘ladi. Biz barchasiga tayyormiz, - dedi Timur Kapadze. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi