
AQSHning Hyuston shahrida Toshkent vaqti bilan 13 fevral tongida UFC 271 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi o‘rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya va divizionning 1-raqamli vakili Robert Uittaker o‘rtasida kechdi. Adesanyaning kichik ustunligida o‘tgan jangda hakamlar bir ovozdan chempionning g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa Uittaker mazkur qarama-qarshilikning ikkinchi jangida ham mag‘lubiyatga uchradi. 2019 yilning oktabrida o‘tkazilgan dastlabki jangda Adesanya 2-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Yana bir asosiy janglardan biri Tay Tuyvasa va Derrik Lyuis ishtirokida bo‘ldi. Ikkinchi raundda Tuyvasa raqibini nokautga uchratdi.
Asosiy kard
- Israel Adesanya (22-1) hakamlar qaroriga ko‘ra Robert Uittaker (23-6) ustidan g‘alaba qozondi;
- Tay Tuyvasa (14-4) ikkinchi raundda Derrik Lyuisni (26-10) nokautga uchratdi;
- Jared Kannoner (15-5) ikkinchi raunddagi texnik nokaut bilan Derek Bransonni (24-8) yengdi;
- Renato Moykano (16-4-1) ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan Alexandro Ernandesni (13-5) taslim etdi;
- Bobbi Grin (29-12-1) ochkolar hisobiga Nasrat Haqparastdan (13-5) ustun keldi.
Prelim kard
- Andrey Orlovski ochkolar evaziga Jared Vanderani yengdi;
- Keysi O’Nill ochkolar evaziga Roksann Modafferini yutdi;
- Kayler Fillips 3-raundda sabmishen orqaili Marselo Roxoni yutdi;
- Karlos Olberg ochkolar evaziga Fabio Chernatni yengdi;
Erta prelim kard:
- Ronni Lourens ochkolar evaziga Mana Martinesni yengdi;
- Jeykob Malkun ochkolar evaziga Ey Jey Dobsonni yutdi;
- Duglas Silva 2-raundda Sergey Morozovni sabmishen orqali yutdi;
- Jeremayya Uels 1-raundda sabmishen orqali Mayk Matetani yengdi;
- Maksim Grishin ochkolar evaziga Uilyam Naytni yutdi.
UFC 271Israel AdesanyaRobert UittakerTay TuyvasaDerrik LyuisO‘rta Vazn O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar