Joze Mourino zamonaviy futbolida eng ko‘p sovrin yutgan murabbiylardan bo‘lsa-da, faoliyati davomida kutilmagan qarorlar chiqarishi bilan ham mashhur. Uning istak-xohishlari tez-tez o‘zgarib turadi.
Ayni paytda Italiya matbuoti “Roma”ning yozgi transferlar vaqtidagi xatti-harakatlarini tahlil qilib, portugaliyalik murabbiy kimlarga javob berib yuborishini taxmin qilmoqda. Chunki, joriy mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonidan ayrilgan va Italiya kubogidan chiqib ketgan poytaxt klubi hozirgi tarkib bilan yuqori maqsadlar uchun kurasha olmasligi oydinlashib qoldi.
Italiyalik jurnalistlar Joze Mourino mavsum davomida kimni tanqid qilgan bo‘lsa, birin-ketin ularni ketkazayotganiga e’tibor qaratdi. Mavsumning birinchi qismida bosh murabbiyga yomon ko‘rinib qolgan Borxa Mayoral, Gonsalo Vilyar, Brayan Reynolds va katta o‘yinlar uchun yoshlik qilgan Rikkardo Kalafori yanvarda boshqa klublarga ketkazildi.
Gazzetta dello Sport nashri “Roma” mavsum yakunlanishi bilan Rojer Ibanes, Jordan Veretu, Matias Vinya va Genrix Mxitaryan bilan xayrlashmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Calciomercato.som jurnalistlari ixtiyoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ro‘yxat kengroq. Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilardan tashqari Amadu Diavara, Marash Kumbulla, Karles Peres va Eldor Shomurodov ham “Roma”da qolmasligi mumkin.
Legionerimizning “Jenoa”dan “Roma”ga transferi Joze Mourino talabi bilan amalga oshirilgan bo‘lsa-da, portugaliyalik murabbiy uni asosiy tarkibda ko‘ra olmadi. Dastlab, Eldorga imkoniyat bergan va Shomurodov gol ura boshlagan vaziyatda jamoaga “Chelsi”dan Temmi Abraxam keldi. Angliyalik yulduzga kurash va raqobatsiz asosiy hujumchi maqomi berilib, o‘zbek futbolchisi zaxiraga o‘tkazildi.
Mourino 9 yanvar kuni 21-turda “Yuventus” bilan bo‘lgan o‘yinga qadar Shomurodovni muntazam bir necha daqiqaga bo‘lsa ham, maydonga tashlayotgan edi. Turinliklardan uchralgan mag‘lubiyatni Shomurodovdan ko‘rgan Mourino hamyurtimizning kubok o‘yinida gol urganiga qaramay, sekingina tarkibdan chiqarib yubordi.
A Seriyada “Kalyari”ga qarshi bahsda 15 daqiqa o‘ynagan Eldor “Empoli” va “Jenoa” bilan bo‘lgan so‘nggi ikki o‘yinni faqat zaxiradan kuzatdi. Shuningdek, Italiya kubogida “Inter”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ham Shomurodovga ishonch bildirilgani yo‘q.
Milandagi bahsdan keyin jamoa ichki muhitida muammolar borligi oshkor bo‘ldi. Mourinoning kiyim almashtirish xonasida o‘yinchilarning “po‘stagini qoqqani" haqidagi xabarlar tarqalib keldi. O‘sha jarayonda begona odam bo‘lmagani, bu voqea faqat o‘yinchilar va murabbiylar shtabi vakillari ishtirokida o‘tgan bo‘lsa-da, ichki sirlarning olamga yoyilishi Jozening klubda ishlashini ma’qullamayotganlar ham borligini anglatadi.
Keyinroq, “Roma” futbolchilari Joze Mourinoning ish uslubidan noroziligi, bosh murabbiyga bo‘lgan ishonch yo‘qolgani, uning talabi bilan amalga oshirilgan transferlar samara bermayotgani haqidagi xabarlar chiqib kela boshladi.
Portugaliyalik mutaxassis bularning barini inkor etib, hammasi joyida ketayotganini, shogirdlari bilan munosabatlarda muammo yo‘qligini iddao qilgan bo‘lsa-da, bunga hammani ham ishontirib bo‘lmaydi.
Mourinoning faoliyatiga nazar tashlasak, o‘zi ishlagan jamoalarning deyarli barchasida o‘yinchilar bilan munosabatlarda keskinlik va ziddiyatni vujudga keltirganini guvohi bo‘lamiz. Xususan, Mourino “Real”ni boshqarganida darvozabon Iker Kasilyas, “Chelsi”ga birinchi borganida , Kevin de Bryuyne, Romelu Lukaku, Muhammad Saloh, “Manchester Yunayted”da Genrix Mxitaryan, Bastian Shvaynshtayger, Maruan Fellayni, Xuan Mata, “Tottenxem”da Tangi Ndombele va Dele Alli kabi futbolchilar bilan chiqisha olmagan va oxir-oqibatda bu o‘yinchilarning aksariyati jamoadan ketishni eng to‘g‘ri variant, deb hisoblagan. Aslida bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Shu o‘rinda, Eldor Shomurodov vaziyatni o‘nglashi uchun imkoniyat yetarli. Hamyurtimiz bosh murabbiy maydonga tushirgan o‘yinlarda ko‘proq gol urishi va samarali harakatlarni amalga oshirishi talab etiladi.
Hujumchimizning mehnatkash va irodali o‘yinchilar toifasiga kirishini inobatga olsak, qaysar Mourinoning ishonchini qayta qozona olishiga umid uyg‘onmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi