Foto: «Tribuna.uz»
Pedagogika fanlari doktori, professor Rustam Akromov 73 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Rustam Akromov 1948 yilning 11 avgustida Toshkent viloyatida tug‘ilgan. O‘zbek futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutaxassis. 1990–1992 yillarda Jazoirning USM klubi va milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan.
Rustam Akromov O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng futbol bo‘yicha milliy terma jamoani boshqargan birinchi murabbiy hisoblanadi. 1992–1994 yillarda terma jamoa uning boshchligida Markaziy Osiyo chempionati va 1994 yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan.
Professor Akromov 1995–1997 yillar Hindiston terma jamoasini boshqardi. Ushbu davlatdagi ikki yillik faoliyati davomida asosiy terma jamoa bilan bir qatorda bolalar futbolini rivojlantirish tizimini shakllantirdi. Keyinchalik OFK, FIFA tashkilotlarida instruktor bo‘lib faoliyat olib bordi.
U o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun davlat tomonidan «Shuhrat» medali hamda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda