"Paxtakor" bugun Turkiyadagi yig‘in doirasida uchinchi nazorat bahsini Tbilisining "Dinamo" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Mazkur bellashuvni O‘zbekiston va Gruziya futbolining eng mashhur hamda sovrindor jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv deb aytish mumkin. Tbilisi klubi Gruziyada 18 marta chempionat, 13 bor kubok va 8 marta superkubokda zafar quchgan. Sobiq SSSR chempionati va Kubogida ikkitadan, UYEFA Kubok egalari Kubogida bir marta bosh sovrin sohibi bo‘lgan. MDH Kubogida esa "Dinamo" 2004 yil g‘olib bo‘lgan.
"Dinamo" futbol klubi Tbilisida 1925 yil tashkil etilgan va tez orada o‘zining 100 yilligini nishonlaydi. Jamoalar SSSR chempionati va Kubogida o‘zaro 46 o‘yinda maydonga tushgan. "Paxtakor" 11, "Dinamo" esa 22 uchrashuvda g‘alaba qozongan. 13 bahs durang bilan tugagan. Gollar urishda raqibimiz ustun - 42:73.
Mustaqillik davridan keyin esa "Paxtakor" va "Dinamo" ikki bor MDH Kubogida to‘qnash kelgan. 1993 yil gruziyaliklar 5:2 hisobida, 2006 yil esa toshkentliklar 2:1 hisobida ustun kelgan.
"Paxtakor" va "Dinamo" Tbilisi o‘rtasidagi bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da Belekdagi "Susesi" stadionida boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda