
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda Hasanboy Do‘smatov kuchlilar safiga qo‘shilib, 14-o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni tuzib chiqadi. Hamyurtlarimiz egallab turgan o‘rinlar bilan batafsil tanishing:
Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdugafurov 28-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziyev 40-o‘rin;
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 11-o‘rin;
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 18-o‘rindan 21-o‘ringa pastladi;
Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 21-o‘rin;
Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 40-o‘rin;
Birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 16-o‘rindan 14-o‘ringa ko‘tarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar