16:26 / 15.02.2022
889

Eldor Shomurodov: "Konferensiya ligasida chempion bo‘lmoqchiman"

Eldor Shomurodov: "Konferensiya ligasida chempion bo‘lmoqchiman"
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov UEFA.COM saytiga intervyu berdi. Quyida intervyuning "Roma"ga bog‘liq joylarini taqdim etamiz.

"Roma"ga o‘tish haqida
"Roma"ga o‘tishdan oldin mentalitetni o‘zgartirishim kerakligini angladim. Har bir o‘yinga g‘alabani o‘ylab tushish kerak. Bu yerda ular o‘z oldilariga yuqori maqsadlar qo‘yganini bilardim. Raqobat ham juda jiddiy. Har bir uchrashuvda asosiy tarkibga loyiq ekaningni isbotlashing shart.

Mourinyu haqida
Hozir biz ko‘proq taktika ustida ishlayapmiz. U bizga hamma narsani qanday qilish kerakligini ko‘rsatadi va har bir o‘yinda bor kuchimizni berishimizni talab qiladi. Albatta, ko‘p gol urishni ham talab qiladi.

Bu yilgi maqsadlar haqida
Birinchi navbatda - Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Konferensiya Ligasida chempion bo‘lish. Bular asosiy maqsadlar. Shaxsiy ambitsiyalarga kelsak, ular doimo jamoa bilan bog‘liq. Men jamoaga g‘alaba qozonish va sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam bermoqchiman. Axir, jamoa g‘alaba qozonsa, siz doimo g‘alaba qozonasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "Konferensiya ligasida chempion bo‘lmoqchiman"