Og‘ir vaznda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 18 mart kuni Dubayda o‘tkazishi kutilmoqda. Sports.uz mazkur bo‘lajak jang va kelajak rejalari haqida ma’lumot olish uchun bokschimiz fikri bilan qiziqdi.
- 18 mart kungi jang borasida fikrlaringiz? Bu jang aniq bo‘ladimi?
- Inshaalloh jangim 18 mart kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi. Jang kechasi Dibella Entertainment va Probellum hamkorligida tashkil etilmoqda. Hozirda mazkur jangga Yangiobod bazasida tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.
- Umuman Lu Dibella bilan shartnoma uzaytirildimi?
- Jangdan oldin yoki keyin yangi shartnoma imzolash borasida rejalar bor.
- Yangi shartnoma kim bilan bo‘lishi mumkin? Dibellada qolasizmi?
- Aynan Dibellada qolishim aniq emas. Balki boshqa promouterlik kompaniyasiga o‘tarman, lekin baribir Dibella uchun ham qandaydir ulush ajratilishi mumkin. Hali hech narsa aniq emas. Menejerlar bu borda ish olib bormoqda. Holat yaxshi tomonga o‘zgarmoqda.
- Xorvatiyalik Filip Xrgovichga raqib topish borasida muammolarga duch kelinmoqda. Sizga ham taklif bo‘lishi mumkinmi? Umuman bu bokschi haqida qanday fikrdasiz?
- Filip Xrgovich reytingida yuqori o‘rinda turibdi. Chunki u Rio Olimpiadasidan keyin professional boksga o‘tgan edi. Uning jangi uchun ham yuqori reytingli raqib kerak. Hozir menejerlar bilan tavakkal qilish niyatida emasmiz, lekin Filip Xrgovich bilan ham, Toni Yoka yoki Jo Joys bo‘lsa ham kelajakda jang qilish niyatim bor. O‘ylashimcha, hozir ikki o‘sib kelayotgan bokschini bir biriga qarshi qo‘yilishi qiyin. Menejerlar ham bunga ruhsat bermasa kerak. Men hozir birdaniga chempionlik kamariga da’vogarlik qila olmayman. Oldin mintaqaviy kamarlar olishim va reytingda yuqorilashim kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda