1 784
Shomurodov: "Rossiya va O‘zbekistonda odamlar ketma-ket yetti kun ishlaydi, Italiyada esa dam olish kunlari hordiq chiqarishadi"
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov "Rostov"dan "Jenoa"ga ko‘chib o‘tganidan keyin qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida gapirdi.
- "Rostov"dagi oxirgi yilni juda yaxshi o‘tkazdim. Keyingi olti oy davomida o‘yinim o‘xshamadi. Buning sabablari bor edi. Biroq menda Yevropada to‘p surish istagi bor edi. Bu oson bo‘lmasdi.
Agarda yetarlicha gol urmasangiz, Yevropaga yo‘l olish qiyin. Ammo "Jenoa" menga ishondi, buning uchun klubga minnatdorchilik bildiraman! Ular meni "Rostov"dan sotib olishdi. Men bu transferga rozi bo‘ldim, chunki bu Yevropada o‘ynash orzuim sari tashlangan dastlabki qadam edi. Men uchun top-klubda emas, balki tarkibiga kira olishim mumkin bo‘lgan klubdan o‘rin olish muhim edi.
Birinchi yil og‘ir o‘tdi. Rossiya va O‘zbekistonda mentalitet o‘xshash, Yevropada esa butunlay boshqacha. Shu bois, dastlabki ikki-uch oy oson bo‘lmadi, lekin keyinchalik ko‘nikishni boshladim. Hozirda bu yerdagilarning fikrlarini yaxshi uqib olaman.
– Italiya madaniyati qaysi jihatlari bilan farq qilishini ayta olasizmi? Bu yerda siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
– Rossiya va O‘zbekistonda odamlar ketma-ket yetti kun ishlaydi. Shanba va yakshanba kunlari bu yerda hech kim ishlamaydi, hamma dam oladi. Bu yerda butkul o‘zgacha madaniyat, o‘zgacha til hukmron. Odamlarning dunyoqarashi ham tubdan farq qiladi.
- Italiya futboli Rossiya va O‘zbekiston futbolidan nimasi bilan farq qiladi?
- Birinchi navbatda, bu yerda yuqori tezlik. Italiyada kuchli futbol ustunlik qiladi. Shuningdek, futbolchilarning mahorati ham yuksakroq", - deydi Shomurodov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi