Futzal bo‘yicha CAFA U-19 turniridan o‘rin olgan Afg‘oniston - O‘zbekiston o‘smirlari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Mazkur bahsda vakillarimiz yirik 1:8 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvda Said Mojtaba Hosseyni poker qayd etgan bo‘lsa, Nurilloh Nazariy, Hamidulloh G‘afuriy, Abul Bashir Ahmadiy, Muhammad Ali Mumtazlar o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Vakillarimizning yagona goliga Doston Usmonov mualliflik qildi.
“Gazprom Arena”, Bishkek
Afg‘oniston — O‘zbekiston 8:1
Gollar: Nurulloh Nazari 11ʼ, Said Mojtaba Hosseyni 13ʼ, 13ʼ, Hamidulloh Gafuri 17ʼ, Said Mojtaba Hosseyni 23ʼ, 33ʼ, Abul Bashir Ahmadi 34ʼ, Doston Usmonov 35ʼ, Muhammad Ali Mumtaz 37ʼ.
O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi: 12. Umidjon Mahramov 2. Samandar Murodqulov 4. Damir Mamadoliyev 5. Qosimjon Safarov 7. Daler Eshonqulov.
Zaxira: 1. Arsentiy Machulko 3. Abdusattor Abdurahmonov 6. Baxtiyorjon Ramazanov 8. Shohruhxon Hasanov 10. Ruslan Soliyev 11. Mirshod Abdukarimov 13. Alan Ahmedov 14. Doston Usmonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoamiz Tojikistonni mag‘lub etgan bo‘lsa, Qirg‘iziston termasiga mag‘lub bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi