
Poytaxtimiz Toshkent shahrida professional MMA bo‘yicha nufuzli promoushen hisoblangan Oktagon ligasi va U1 qo‘shma turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing:
Asosiy kard:
Luchiano Kontini (Braziliya) - Nursulton Ro‘ziboyev (O‘zbekiston): Ro‘ziboyev o‘zining eng sevimli usuli - kimurani qo‘llagan holda g‘alaba qozondi.
Ruslan Rustamov (Azarbayjon) - Avliyoxon Hamidov (O‘zbekiston): Hamidov 1-raundda bug‘ish usuliga tushib qoldi va muddatidan oldin imkoniyatni boy berdi.
Azamat Nuftillayev (O‘zbekiston) - Yuriy Protsenko (Ukraina): to‘liq 3 raund davom etgan bahsda durang qayd etildi.
Yerkubulan Toktar (Qozog‘iston) - Abdul Aziz Sotvoldiyev (O‘zbekiston): Sotvoldiyev 2-raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushib qoldi.
Ilyar Asxanov (Qozog‘iston) - Muslimbek Komilov (O‘zbekiston): raqibga nisbatan passivroq harakat qilgan Komilov 3-raundda muddatidan oldin mag‘lub bo‘ldi.
Ilyor Baktiyar Uulu (Qirg‘iziston) - Farxod Davlatov (Tojikiston): jang davomida olingan jiddiy jarohat sababli Davlatov jangni davom ettira olmadi.
Faxriddin Mardiyev (O‘zbekiston) - Amir El Shanru (Misr): Mardiyev 1-raundda ustunlikka erishgan holda misrlik raqibiga ko‘plab jarohatlar yetkazdi. Shifokorlar esa El Shanriga bahsni davom ettirish uchun ruxsat bermadi.
Prelim kard:
Doston Bozorov (O‘zbekiston) - Tamerlan Kaykiyev (Qirg‘iziston): Bozorov 2-raundda ketma-ket kuchli zarbalar natijasida raqibni qiyin ahvolga solib qo‘ydi va texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
Dilshod Yusupov (Tojikiston) - Saidatohon Nuriddinov (O‘zbekiston): 3 raund to‘liq davom etgan bahsda Saidatohon Nuriddinov hakamlar qarori bilan natijani o‘z foydasiga hal qila oldi.
O‘murbek Kanibayev (Qirg‘iziston) - Jahongir Najmiddinov (O‘zbekiston): Jahongir Najmiddinov 2-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Anvar Abdullayev (O‘zbekiston) - Adilet Abdivaliyev (Qirg‘iziston): to‘liq davom etgan jangda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Anvar Abdullayev ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.
Sharif Kushayev (O‘zbekiston) - Nurbek Matkabilov (Qirg‘iziston): Sharif Kushayev raqibini 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi.
Sardor Xudoyberdiyev (O‘zbekiston) - Akmal Abduvaliyev (Tojikiston)
Mirsaid Saparov (O‘zbekiston) - Vladimir Permyakov (Qozog‘iston)
Suxrob Otajonov (O‘zbekiston) - Aybol Axmetov (Qozog‘iston)
Nizomiddin Isroilov (O‘zbekiston) - Salamat O‘razaxunov (Qirg‘iziston)
Qurbonali Normurodov (O‘zbekiston) - Diyorbek Ro‘ziboyev (O‘zbekiston)
MMA TurniriNursulton Ro‘ziboyevOktagon LigasiUshbu NatijalarHamidov Mag‘lubiyatPrelim KardG‘alaba QozondiRaqibga Jarohat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar