Xabaringiz bor, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy Stranja musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bokschilamiz yarim final janglarini o‘tkazdi. Barcha natijalar bilan tanishing:
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Nurlan Saparbay (Qozog‘iston) - Kunning so‘ngi uchrashuvida Mullojonov ham qo‘shni Qozog‘iston vakili ustidan ishonchli tarzda ustun keldi.
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Abzal Serik (Qozog‘iston) - Keskin va murosasiz kechgan bahsda Tursunovning qo‘li baland keldi va finalga yo‘l oldi.
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Abzal Kuttibekov (Qozog‘iston) - Saidrahimov qozoq bokschisini mag‘lub etgan holda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) - Xalakov mazkur uchrashuvda raqibga nisbatan kichik ustunlik qayd etgan holda zafar quchdi. Xalakov ushbu raqib bilan oldin ham 2 bora to‘qnash kelgan va har ikkalasida ham g‘alabaga erishgan.
-80 kg: Odiljon Aslonov - Kromvil Kommi (Italiya) - Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Aslonov g‘alaba qozondi.
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston) - Do‘smatov raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi.
-52 kg: Tursunoy Rahimova - Tetiana Kob (Ukraina)- Tursunoy Rahimova raqibasidan jang davomida ustunlik qilganiga qaramasdan hakamlar yakunda Ukraina vakilasining qo‘lini baland ko‘tardi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi