O‘zbekiston Superkubogi-2022 doirasidagi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida dastlab Ro‘ziqul Berdiyev va "Nasaf" vakillari qatnashishdi.
Bosh murabbiyga Husayn Norchayev va Marko Stanoyevich hamrohlik qilishdi.
- "Avvalo Superkubok uchrashuvini mana shu stadionda o‘tkazishayotgani uchun rahmat aytaman. "Turon" klubi vakillariga stadionni tayyor qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ochig‘i maydonning holatini ko‘rib hayron qoldik. Chunki bunday paytda maydonni shunday qilish katta mehnat talab qiladi. "Paxtakor"ga qarshi o‘yinlar doim qiziqarli kechgan. Ushbu jamoani o‘z o‘yini, muxlislari bor.Ikki jamoa ham uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdi. Imkoniyatlar teng, deb o‘ylayman. Ertaga biz amaldagi mamlakat chempioniga qarshi o‘ynaymiz. Ammo bu jamoaga qarshi yaxshi o‘ynay olishimizni isbotlab qo‘ydik. Ertaga kim o‘yinga yaxshi tayyor bo‘lsa o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi. "Nasaf" uchrashuvga to‘liq tayyor. Barcha yigitlar o‘yinga shay holda", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.
"O‘tgan mavsumni "Paxtakor"ga qarshi o‘yin bilan tugatgandik, bu mavsumni shu jamoaga qarshi o‘yin bilan boshlaymiz. Ertangi bahsga yaxshi tayyorlandik. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz, deb o‘ylayman. Ertaga chiroyli futbol ko‘rsatib bayramona kayfiyat ulashishni niyat qilganmiz", - dedi Marko Stanoyevich.
"Ertangi bahsga yaxshi tayyorlandik. "Paxtakor" bilan o‘yinga tayyormiz, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi Husayn Norchayev.
- Transferlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Bizning o‘z rejamiz bor edi. Bilasizlar ko‘p legionerlar olishga imkoniyatimiz yo‘q. Ikkinchidan oldimizda ta’qiq bor edi. Asosiy maqsadimiz jamoamiz o‘zagini saqlab qolish edi. Kerakli chiziqlar borasida ishlashimiz talab qilinardi. Yarim himoyadagi bo‘shliqlarni Sharof va Ivan Solovyov orqali to‘ldirdik. Lekin asosiy maqsadlarimizdan biri hujum chizig‘iga raqobat qiladigan hujumchini taklif qilish edi. Yaqinda ham aytdim, 3-4 nafar bizga yordami tegadigan yuqori saviyali hujumchilarga eng yaxshi takliflarimiz bilan chiqdik. Ba’zi bir sabablarga ko‘ra amalga oshmadi. Bugun kechgacha bir hujumchi bilan kelishuvga erishishimiz mumkin. Hozircha uning nomi sir.
- Bobir Abdixoliqov jamoaga qaytishi mumkinmi?
- Bobir Abdixoliqov hozir "Nasaf"ga qaytmasligi aniq. Chunki unga jamoasida ishonch katta. Boisi Bobirga raqobat qiladigan futbolchi jamoani tark etgan.
- "Paxtakor"ga o‘zbek futbolini u qadar yaxshi bilmaydigan murabbiy keldi. Ertaga "Nasaf" bundan foydalana oladimi?
- "Paxtakor"ga yangi xorijlik murabbiy keldi. U haqda faqat ijobiy fikrlar eshitdik. Raqibimizning bir ikkita o‘yinini ko‘rdik, yangi murabbiy jamoa uslubini o‘zgartirmagan. Faqat yangi futbolchilar orqali jamoani kuchaytirishgan. 3ta himoyachi bilan o‘ynashini aytishgandi. Lekin sxemada hech qanday o‘zgarish ko‘rmadim. Murabbiy tajribasiga hech qanday shubha yo‘q.
- Oybek Bozorovning ertaga o‘ynamasligi jamoaga qanchalik ta’sir qiladi?
- Albatta bu yo‘qotish, ammo futbol jamoaviy o‘yin. Uning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Oybek yoki Markosiz o‘ynashni bilishimiz kerak.
- Jismoniy tomonlama ikkala jamoa ham hali to‘liq tayyor emasligi aniq, ruhiy tomonlama jamoa ertangi bahsga tayyormi?
- Albatta to‘g‘ri aytdingiz, jamoalar hozircha jismoniy tayyor emas. Bugun yigitlar bilan ancha vaqt gaplashdik. Raqibni o‘rgandik. Ruhiy tomonlama barchasi joyida bo‘ladi deb o‘ylayman. Oxirgi yillarda jamoamiz ruhiy tomondan o‘sishga erishdi. 1-2 yil oldin akademiyada o‘qiyotgan bolalar bugun "Paxtakor" bilan teng o‘ynashmoqda.
- So‘nggi yillarda "Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinlar o‘ziga xos "El Klasiko"ga aylanib bormoqda...
- Ertaga ham shou davom etadi. Ikkala klubning olib borayotgan siyosati. "Paxtakor" oldingi yillarda muxlislar mehrini qozonayotgan jamoa, "Nasaf" ham so‘nggi yillarda muxlislar mehrini qozonmoqda. Prinsipial o‘yinlar ko‘p bo‘lsa bundan faqat futbolimiz yutadi. Ikki jamoa natijaga o‘z o‘yini bilan erishmoqda. O‘ylaymanki, shu jihat muxlislarni e’tiborini tortmoqda. Bunday darajadagi jamoalar yana chiqadi.
- So‘nggi paytlarda sizga xorij klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqdi. Legioner bo‘lishga tayyormisiz?
Husayn Norchayev: - Hozircha bu haqda gapirishning mavridi emas deb o‘ylayman. "Nasaf" bilan amaldagi 3 yillik shartnomam bor. Uyog‘ini rahbariyat bilan gaplashib ko‘ramiz.
- Dragan Cheran bilan qalin do‘stsiz, nima deb o‘ylaysiz. Kelajakda bir jamoada o‘ynashingiz mumkinmi?
Marko Stanoyevich: - Bunga qadar birga o‘ynaganmiz, balki kelajakda yana birga o‘ynarmiz.
Ro‘ziqul Berdiyev: - Bu yil aslida Cheran bo‘yicha ish olib bordik, ammo moliyaviy holatimiz bunga yo‘l qo‘ymasa kerak. Stanoyevich va Cheran Serbiya faxriylar jamoasida birga o‘ynashadi (kuladi). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi