Bugun “Paxtakor” klubi chempionatning dastlabki turini Samarqandda “Dinamo” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Birinchi bo‘limda kiritilgan ikkita gol evaziga “Paxtakor” safarda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘yin yakunlanganidan keyin “Paxtakor” ustozi Slavche Voyneski matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
- Mezbonlarga yaxshi tashkilotchilik uchun rahmat aytaman. Bu o‘yin mezbon jamoa va Samarqand shahri uchun katta ahamiyat kasb etishini bilardik. Shunday bellashuvda maydonga tushganimizdan xursandman. Bahsga keladigan bo‘lsak, ikki xil bo‘limlarni kuzatdik. Birinchi bo‘limda to‘liq ustunlikka erishdik. Ikkitadan ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi.
Ikkinchi bo‘limda to‘pni nazorat qilishda davom etdik, ammo yigitlar vaziyatlarga osonroq chiqib borishni xohlashdi. Ba’zan zarur bo‘lmagan holatda to‘p yo‘qotdik. Bu borada hushyorroq bo‘lishimiz lozim. Umuman olganda, o‘yin va natijadan to‘liq qoniqdim. To‘rt kun ichida ikki uchrashuvda maydonga tushdik. Futbolchilar yaxshi o‘ynashdi va oxirigacha jonkuyarlik ko‘rsatishdi.
Rashidov oyog‘ida og‘riq borligi sababli o‘ynamadi. Shifokor bilan maslahatlashgan holda uni Toshkentda qoldirishga qaror qildik. Keyingi o‘yin uchun mashg‘ulotlarda Sardor jamoa bilan birga bo‘ladi, - dedi Voyneski.
“Paxtakor” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”