21:44 / 03.03.2022
1 173

Shuhrat Maqsudov: "Yosh futbolchilarga ikki oy davomida hech kimdan kam emasliklarini uqtirdim"

Shuhrat Maqsudov: "Yosh futbolchilarga ikki oy davomida hech kimdan kam emasliklarini uqtirdim"
Foto: championat.asia
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalambor, futbol muxlislarini 2022 yilgi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Opa-singil va onalarimizni bayramlari bilan qutlayman. Bugun qiyin o‘yin bo‘lishi aniq edi. Har holda chempionatning ilk o‘yini. "So‘g‘diyona"ni qanday jamoa ekanligini bilamiz. Muxlislarga o‘yin yoqdi deb o‘ylayman. Fursatdan foydalanib, futbolchilarimga borini berib o‘ynaganliklari uchun yana bir bor rahmat", – dedi Shuhrat Maqsudov.

- Jahongir O‘rozov, Mahmud Mahammadjonov yaxshi taassurot qoldirishdi. Lekin yakuniy keskin pasni berishda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Buni nima bilan izohlaysiz?
- Bu futbolchilar Superligada debyut qilishdi. Hayajon bo‘lishi oddiy hol. Futbolchilar bilan ikki oy ichida o‘ziga ishonishlarini, hech kimdan kam emasliklarini quloqlariga quydim. Homiyimiz Turkiyada yig‘in o‘tkazishga yordam berdi. Xorij yig‘inida yoshlar o‘zlariga ishonch olishdi. Ular terma jamoalarda ham o‘zlarini ko‘rsatishadi. Tayyor futbolchi olishdan ko‘ra akademiyaga murojaat qilishni lozim topdik.

- O‘z vaqtida hujumchi bo‘lgansiz. Nima uchundir hozir hujumchilarga tajovvuzkorlik yetishmayotgandek...
- Nafaqat "Bunyodkor"da, boshqa jamoalarda hujumchilar bilan bog‘liq muammolar bo‘lyapti. Izlanishda davom etamiz.

- "Bunyodkor" jamoasining asosini yosh futbolchilar tashkil qilmoqda. Yosh jamoalarda bitta muammo kuzatiladi – beqarorsizlik. Mazkur muammoni qanday yechmoqchisiz?
- To‘g‘ri ta’kidladingiz. Futbol ichidagi insonligingiz sezildi. Biz ham buni bilyapmiz. Yosh futbolchilarda beqarorlik bo‘lishi tabiiy. Vaqt o‘tgani sari o‘z yo‘liga tushadi. Katta jamoalarda ham barqarorlik yetishmaydi.

- Ibrohim Tomiva qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining katta qismini asosiy jamoa bilan o‘tkazmadi. Bugun asosiy tarkibga tushirishdan avval bu holat sizni tashvishlantirmadimi?
- Garchi biz bilan birga xorij yig‘inida qatnasha olmagan bo‘lsa-da, o‘rinbosarlar safida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Sport formasi yaxshiligi ko‘rindi. Turkiyadaligimizda ham Tomiva bilan aloqada bo‘lib turdik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "Yosh futbolchilarga ikki oy davomida hech kimdan kam emasliklarini uqtirdim"