Shahobiddin Zoirov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi

Shahobiddin Zoirov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi
Havaskor boksda jahon chempioni, Rio olimpiadasi chempioni hisoblangan Shahobiddin Zoirov professional yo‘nalishda ham Britaniyaning MTK Global promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.

Zoirov 11 mart kuni Angliyaning Esseks shahrida joylashgan "Grays Civil Hall" arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga kim raqiblik qilishi hali e’lon qilinmadi.

Zoirov shu kunga qadar prof ringda uchta jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozongan. Ikkitasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.
Shahobiddin Zoirov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar