22:12 / 10.03.2022
1 504

Anxel Lopes: "Termizdagi stadionda rekonstruksiya ishlari yakunlangach, muxlislarimiz qarshisida o‘ynashimiz mumkin"

Anxel Lopes: "Termizdagi stadionda rekonstruksiya ishlari yakunlangach, muxlislarimiz qarshisida o‘ynashimiz mumkin"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirdi.
"Birinchi va ikkinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Gol o‘tkazib yuborganimizga qaramasdan, maydonning ikkinchi yarmida faol harakat qildik. Yigitlar bilan faxrlanaman. Ular maksimal harakat qilishdi", – deydi Anxel Lopes.

- Bugungi raqibingiz – "Navbahor" jamoasi haqida fikringiz qanday?
- "Navbahor" O‘zbekistonda juda kuchli tarkibga ega jamoalardan biri hisoblanadi. Hujumda keskinliklar hosil qilishdi. Bizda mavsum oldidan tayyorgarlik uchun vaqt kam edi. Qadam va qadam oldinga intilib boramiz.

- Oldingizga qo‘yilgan maqsad va vazifalar nimalardan iborat?
- Maqsadimiz – Superligada qolgan jamoalarga qarshilik ko‘rsatish va munosib ishtirok etish. Bosqichma-bosqich yuqoriga intilib boramiz.

- O‘zbekiston Superligasining ilk turidan so‘ng qanday xulosalar chiqardingiz?
- Men ko‘plab chempionatlarni ko‘rganman. O‘zbekiston Superligasi kuchsiz emas. Klublar o‘ziga yarasha kuchli. Termizda o‘ynashni istardik. U yerda ko‘plab muxlislarimiz bor. O‘ylaymanki, stadionimizdagi rekonstruksiya ishlari yakunlangach, ishqibozlarimiz ko‘z o‘ngida to‘p tepamiz.

Anxel Lopes1, Superliga1, Surxon bosh murabbiyi1, Navbahor1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anxel Lopes: "Termizdagi stadionda rekonstruksiya ishlari yakunlangach, muxlislarimiz qarshisida o‘ynashimiz mumkin"