21:58 / 11.03.2022
1 106

Denis Korostichenko: "Kloppga o‘xshamayman, biroq shunga intilish bor"

Denis Korostichenko: "Kloppga o‘xshamayman, biroq shunga intilish bor"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – AGMK uchrashuvidan so‘ng Denis Korostichenko fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Biz bugun o‘tgan mavsumda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga qarshi bahs olib bordik. Raqib tajribali murabbiyga ega kuchli jamoa edi. Ularga qarshi o‘ynash qiyin. AGMK bir necha yillardan buyon chempionat yetakchilaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Afsuski, ob-havo ham o‘yin sifatiga ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi. O‘yin tezligiga ozroq ta’sir qildi. Biz kurashlarga boy o‘yin kutgandik.

Yigitlarimizga o‘yin uchun tashakkur deyman. AGMKdan ko‘ra yaxshi holatda ekanligimizni ko‘rsatdik. Raqibda asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi o‘yinda qatnashmadi.

- Bilamizki, yoshlar bilan yaxshi ish olib borasiz. Bu "Loko"da ham ko‘zga tashlanmoqda. Qanday qilib yoshi katta o‘yinchilar va yosh futbolchilar o‘rtasidagi uyg‘unlikni yarata olmoqdasiz?
- Ushbu mavsumda ko‘plab tajribali futbolchilar jamoamizni tark etishdi. Jamoada bir nechta tajribali va o‘rta yoshdagi futbolchilar, shuningdek, yoshlar jam bo‘lishdi. Umid qilamanki, yosh futbolchilarimiz bizni xursand qilishda davom etishadi, biz ularga ishonamiz.

- Gol nishonlashingiz va emotsiyalar orqali Yurgen Kloppga o‘xshab ketyapsiz. Bu borada fikringiz qanday?
- Bu haqda ko‘pchilik aytmoqda. To‘g‘risini aytsam, menga "Liverpul" yoqadi, bolalikdan shu jamoaga muxlislik qilaman. Yurgen Klopp "Liverpul"ga kelganidan xursandman. Unga o‘xshamayman, biroq shunga intilish bor.

- G‘ulomhaydar G‘ulomov va Kaxi Maxaradze markazda ajoyib tandem hosil qilishdi. Ammo Kaxi 2-taymda zaxiraga olindi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Ha, ular birgalikda yaxshi tandem bo‘lishdi. Hammasini inobatga oldik. Kaxi charchab qolganini bois uni almashtirdik.

- Murabbiylar o‘yinga tayyorlanish chog‘ida yomg‘irli ob-havoni ham hisobga olishadimi?
- Albatta, bu inobatga olinadi. O‘tgan kuni shu sabab bilan mashg‘ulot bo‘lmadi. To‘liq mashg‘ulot o‘tkazmadik. Murabbiylar ob-havoga qarab tarkib tuzadi va taktikalarni joriy qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Korostichenko: "Kloppga o‘xshamayman, biroq shunga intilish bor"