14:20 / 12.03.2022
1 106

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" neytral maydonda o‘ynashining havotirli joyi yo‘q"

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" neytral maydonda o‘ynashining havotirli joyi yo‘q"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ko‘rdingiz, futbolchilar yomg‘irli havoda to‘p tepishdi. Maydonda futbol kam, kurash ko‘p bo‘ldi. Shu bois biror narsa deyish qiyin. Bunday pallada tartib va xarakter asosiy planga chiqadi. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsumdagi ilk g‘alabamiz. "Dinamo"ga keyingi o‘yinlarda g‘alaba tilayman",- deydi murabbiy.

- Ob-havo "So‘g‘diyona"ning o‘yiniga qanchalik ta’sir qildi?
- Shubhasiz o‘yinimizni ko‘rsatishimiz uchun yuz foiz to‘sqinlik qildi. Ikki jamoa ham bir xil sharoitda o‘ynagani bois o‘yinda yaqqol favorit ko‘zga tashlanmadi. Bitta yoki ikkita vaziyatlar hal qilib ketadi.

- Shohruz Norxonovning zaxiraga olinishi nima bilan bog‘liq?
- Havo toliqtirishi tabiiy. Ikkinchidan biz bo‘ydor hujumchini tushirishni rejalashtirayotgandik. Zaxiradan qo‘shilgan futbolchilardan ko‘proq to‘pni nazorat qilishni, standartlarda faollik ko‘rsatishni talab qildik.

- Championat.asia saytida "So‘g‘diyona" navbatdagi uchrashuvlarni o‘z maydonida o‘tkaza olmasligi haqida xabar chiqdi. Bunga qanday munosabatdasiz?
- Bu savolni klub rahbariyatiga berganingiz ma’qul. O‘zbekistonda futbol o‘smoqda. Siz mehmondami yoki uyda o‘ynayapsizmi katta ahamiyat kasb etmayapti. Agarda "So‘g‘diyona" neytral maydonda o‘ynasa buning xavotirli joyi yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" neytral maydonda o‘ynashining havotirli joyi yo‘q"