20:13 / 12.03.2022
2 993

Kutilmagan xabar: “Chelsi” Angliya chempionatidan chiqib ketadi!

Kutilmagan xabar: “Chelsi” Angliya chempionatidan chiqib ketadi!
The Telegraph nashrining xabar berishicha, Buyuk Britaniya hukumatining Roman Abramovichga qo‘llagan sanksiyasi tufayli “Chelsi” bankrotlik holatidan qochib qutila olmaydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati hukumatni sanksiyalar tufayli mavsumni yakunlay olmasligi haqida ogohlantirgan. Klub mutasaddilari cheklovlar tufayli xodimlarning aksariyatining maoshini to‘lay olmaydi va bu “Stemford Bridj” stadionida ayrim sektorlarda xizmat ko‘rsatilmasligiga olib keladi.

Klubdagi vaziyatdan chiqish uchun chiptalar sotuvidan Roman Abramovich hech qanday daromad olmasligiga kafolat berib, sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqilishiga erishmoqchi.

Hozirgi talabga ko‘ra, “Chelsi”ning “Nyukasl” bilan bo‘ladigan o‘yiniga faqatgina yillik abonement egalari va 10 martgacha chipta xarid qilgan muxlislar kiritiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kutilmagan xabar: “Chelsi” Angliya chempionatidan chiqib ketadi!