«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Premer Liga 29-turi doirasida «Tottenhem»ga qarshi kechgan bahsda (3:2) het-trik muallifiga aylandi.
Ronaldu klub va terma jamoa miqyosidagi rasmiy gollari sonini 807 taga yetkazib oldi. Bu futbol tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF) hisob-kitoblariga ko‘ra, Ronaldu Yozef Bitsanning (805 ta gol) rekordini yangilagan.
Ta’kidlash joiz, Bitsan, Pele va o‘tmishning boshqa futbolchilari urgan gollar soni turli manbalarda turlicha berilgan. Ishonchli manbalar orasida RSSSF’da Bitsan ko‘rsatkichi yuqoriroq edi. Avvalroq boshqa manbalar Ronalduni futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida e’tirof etgandi.
Bu portugaliyalik futbolchi uchun faoliyatidagi 59-het-trik bo‘ldi. Ayni vaqtda faoliyatini davom ettirayotgan o‘yinchilar orasida faqat Messi (55) unga yaqin bormoqda.
Shuningdek, Ronaldu (37 yosh-u 35 kun) APLda het-trikka erishgan Teddi Sheringemdan (37 yosh-u 146 kun) keyingi eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Ronaldu Premer Liga joriy mavsumida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchi qatorasiga 16 mavsumdan beri chempionat doirasida 10+ gol urmoqda.
Krishtianu Ronaldu1, Tottenhem1, Het-trik1, Manchester Yunayted1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?