date
views 1 136

Pekin-2022. Paralimpiya oʻyinlarida Xitoy birinchi, Ukraina ikkinchi boʻldi (video)

Pekin-2022. Paralimpiya oʻyinlarida Xitoy birinchi, Ukraina ikkinchi boʻldi (video)
Bugun Pekinda 2022 yilgi qishki Paralimpiya oʻyinlari oʻz yakuniga etdi. Qiziqarli va murosasiz ruhda kechgan bahslar yakuniga koʻra, mezbon Xitoy umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ushbu yurt vakillari 18 ta oltin, 20 ta kumush va 23 ta bronza, jami 61 ta medalga sazovor boʻldi.

Umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan Ukraina (11 ta oltin, 10 ta kumush, 8 ta bronza) va Kanada (8 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza) joy oldi.

Navbatdagi qishki Paralimpiya oʻyinlari 2026 yil Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetstso shaharlarida boʻlib oʻtadi

Quyidagi havola orqali Pekin-2022 qishki Paralimpiya oʻyinlarining tantanali yopilish marosimini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport