11:00 / 15.03.2022
1 135

O‘zbekistonlik bokschilar qit’ada tengsizligini isbotlashdi

O‘zbekistonlik bokschilar qit’ada tengsizligini isbotlashdi
Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Musobaqada qit’amizning 21 mamlakatidan jami 352 nafar bokschi g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi. Yurtimiz sharafini o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda 25 nafar (o‘g‘il, qiz), yoshlar o‘rtasida esa 24 nafar (o‘g‘il, qiz) sportchimiz munosib himoya qildi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final janglarida 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, ulardan 7 nafari oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Quyida bokschilarimizning final janglarida qayd etgan natijalari bilan tanishing:

-51 kg: Xo‘janazar Nortojiyev qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

-54 kg: Abduvali Bo‘riboyev filippinlik raqibidan ustun keldi va navbatdagi oltin medal!

-57 kg: Baxtiyor Asadov qirg‘izistonlik raqibini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi va terma jamoamizga uchinchi oltin medalni taqdim etdi.

-63,5 kg: Javohir Ummataliyev hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.

-67 kg: Fazliddin Erkinboyev qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqdi.

-71 kg: Alisher Ayubov qozog‘istonlik raqibga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

-75 kg: Rahmatullo Boymatov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi. Navbatdagi oltin medal!

-80 kg: Abdulaziz Abdurahmonov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi va u ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.

-86 kg: Jamoliddin Qozoqov qozog‘istonlik bokschiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

-92 kg: Aynazar Kenesbayev esa qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va jamoamiz hisobiga yettinchi oltin medalni taqdim etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschilar qit’ada tengsizligini isbotlashdi