Coca-Cola Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Qo‘qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- O‘yin haqida nimalarni aytish mumkin? Vodiy derbisida mag‘lub bo‘ldik. Bundan oldingi derbida "Neftchi"ga yutqazgandik. "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman.
O‘yin haqida qisqacha aytadigan bo‘lsam, o‘z xatolarimiz evaziga mag‘lub bo‘ldik. Chunki futbol xatolardan iborat. Kimdir xato qiladi va raqib bundan foydalanadi. Xato qilishimizda "Navbahor" muxlislarining ham o‘rni bor. Qiziqarli va chiroyli o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa g‘alaba uchun kurashdi. Xatolardan xulosa chiqaramiz va ishlashda davom etamiz.
- Birinchi bo‘limda tezkor o‘yin ko‘rsatgan Bilolxon Toshmirzayev nega zaxiraga olindi?
- Taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Biz birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida yo‘l qo‘yilgan xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. Shu sababli ikkinchi taymda o‘zgarishni amalga oshirib, oldingi chiziqda o‘yinni kuchaytirishimiz kerak edi. Almashtirib bo‘lmaydigan futbolchining o‘zi yo‘q, mag‘lub bo‘layotganda har bir murabbiy o‘yinni o‘zgartirishga harakat qiladi.
- Baxtiyor Ashurmatovning yo‘qligi ham o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylaysizmi?
- Bosh murabbiyning o‘rni muhim va o‘yin davomida yaqqol sezildi. O‘tgan turda "Olimpik" bilan o‘tkazgan o‘yinimizda ham bilingandi. Nasib bo‘lsa, keyingi turda Baxtiyor Ashurmatov o‘z o‘rniga qaytadi. Xudo xohlasa "Navbahor" ham, biz ham o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarga bajarishga intilishda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi